So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi | Navoiyda ota mashinasini ishonib topshirgan o‘smir vafot etdi | O‘zbekistonda har oltinchi nikoh ajrim bilan tugamoqda | Abduqodir Husanov yana “Man City”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin | O‘zbekistondagi barcha maktablarda ikkinchi smenani bekor qilinadi | Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari miqdori 12 baravargacha oshirilishi mumkin | Toshkentda o‘rtacha ish haqi rekord darajadagi 11,6 mln so‘mdan oshdi | O‘zbekistonda “Qurilishda qonuniylik” mobil ilovasi ishga tushiriladi | Eron AQSHga Hormuz bo‘g‘ozini ochish va yadroviy muzokaralarni ortga surishni taklif qildi | «dacha»lar xatlovdan o‘tkazilib ijara daromadi soliqqa tortiladi |

Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari miqdori 12 baravargacha oshirilishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari miqdori 12 baravargacha oshirilishi mumkin

Rossiya hukumati migrantlar uchun hujjat rasmiylashtirish narxini keskin oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Fuqarolik olish va yashash guvohnomasi narxlari bir necha barobar qimmatlashishi kutilmoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, bojlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish ichki ishlar organlarining chet el fuqarolarini tekshirish va ma’lumotlar bazasiga kiritish bilan bog‘liq ortib borayotgan xarajatlarini qoplashga xizmat qilishi kerak.

Taklif etilayotgan o‘zgarishlar deyarli barcha turdagi migratsiya maqomlarini qamrab oladi:

  • Rossiya fuqaroligini olish — amaldagi 4 200 rubldan 50 000 rublgacha (deyarli 12 baravar o‘sish).

  • Doimiy yashash guvohnomasi (VNJ) — 6 000 rubldan 30 000 rublgacha.

  • Vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) — 1 920 rubldan 15 000 rublgacha.

  • Mamlakatga kirish taklifnomasi — 960 rubldan 8 000 rublgacha.

  • Ishga jalb etish ruxsatnomasi — narxi 15 000 rublgacha ko‘tariladi.

Shuningdek, vizalar narxi 2 000 rublgacha (ko‘p martalik — 6 000 rubl), yo‘qolgan hujjatlarni tiklash uchun esa 5 000 rubl miqdorida jarima joriy etish taklif qilinmoqda. Yangi tariflar 2026-yilning 1-iyulidan bosqichma-bosqich kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Qonun loyihasida ayrim toifadagi shaxslar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Xususan, Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan chet elliklar va sobiq SSSR fuqarolari (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar) boj to‘lamasligi mumkin.

Muhim eslatma: O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154- va 154-1-moddalariga ko‘ra, chet davlatlar harbiylashtirilgan organlariga xizmatga kirish yoki qurolli to‘qnashuvlarda qatnashish uchun yollanish og‘ir jinoyat hisoblanadi va 10-12 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Bojlar oshirilishi natijasida Rossiya byudjetiga 2027-yildan boshlab har yili qo‘shimcha 15,8 milliard rubl mablag‘ tushishi prognoz qilinmoqda.