So‘nggi:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyo

O‘zbekistonda haftaning o‘rtasiga borib harorat +35 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda haftaning o‘rtasiga borib harorat +35 darajagacha ko‘tariladi

Mamlakatning katta qismida quruq va issiq ob-havo kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida janubiy viloyatlarda harorat +35 darajaga yetadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Seshanba kuni tushdan so‘ng Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli momoqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzgi harorat +26…+29 daraja atrofida bo‘ladi, janubda va cho‘l hududlarida esa +30…+33 darajagacha isiydi.

Issiq havo oqimi va shamol kuchayishi

Chorshanba va payshanba kunlari quruq ob-havo saqlanib qolsa-da, havo harorati sezilarli darajada ko‘tariladi. Kunduzi havo +28…+33 darajagacha, janubiy hududlarda esa +35 darajagacha qiziydi.

  • 30-aprel — shimoli-g‘arbiy hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

  • 1-may — respublikaning ayrim joylarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor.

  • Juma — ba’zi joylarda qisqa muddatli momoqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin harorat pasaymaydi.

Toshkentda ob-havo

Poytaxtda butun hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bosqichma-bosqich ko‘tarilib boradi:

  • Dushanba: +26…+28;

  • Seshanba: +27…+29;

  • Chorshanba – Juma: +29…+32 daraja.

Kechalari harorat +14…+17 daraja atrofida mo‘tadil bo‘ladi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini saqlab qoladi.