В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O’zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi

O'zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda e'lon qilindi

2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston YaIM o‘sishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Davlat aktivlarini jahon bozoriga olib chiqish uchun Franklin Templeton kompaniyasi jalb etilmoqda, strategik korxonalarning 30 foiz aksiyalari sotuvga qo‘yiladi.

Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasidagi 16,1 foizlik o‘sish iqtisodiy faollikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘ldi. Shuningdek, narx-navo barqarorligi ta’minlanib, yillik inflyatsiya darajasi 7,1 foizgacha pasayishiga erishildi. Bu esa ichki bozorda xarid qobiliyatini saqlab qolish imkonini berdi.

Iqtisodiy barqarorlik byudjet tushumlarida ham o‘z aksini topdi — davlat g‘aznasiga 103 trillion so‘m mablag‘ kelib tushdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘pdir. Muhimi, mahalliy hokimliklar ixtiyorida 1,4 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shimcha mablag‘lar qoldirildi, bu esa hududlardagi dolzarb masalalarni markazga murojaat qilmasdan hal etishga xizmat qiladi. Endilikda hukumat asosiy e’tiborni davlat aktivlarini xalqaro moliya maydonlariga olib chiqishga qaratmoqda.

Xususiylashtirishning navbatdagi bosqichida 2,4 milliard dollarlik davlat ulushlari jahon fond bozorlariga chiqariladi. Jarayonning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida 13 ta eng yirik korxonani boshqarish «Franklin Templeton» xalqaro investitsiya kompaniyasiga topshirildi. Milliy investitsiya jamg‘armasining tashkil etilishi esa mamlakat iqtisodiy tizimini global moliya bozorlari bilan integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu islohotlar davlat sektorining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan.