So‘nggi:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyo

Buxoroda yo‘lovchi 310 gramm tillani o‘z tanasida olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Buxoroda yo‘lovchi 310 gramm tillani o‘z tanasida olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Bojxona xodimlari tana a’zolariga yashirilgan tilla buyumlarni aniqlashdi. Jami ushlab qolingan zargarlik buyumlarining qiymati yarim milliard so‘mdan oshdi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari qiymati 500 million so‘mdan ziyod bo‘lgan tilla taqinchoqlarning yashirin savdosiga chek qo‘ydi. «Olot» chegara postida turkmanistonlik fuqaro o‘zining ichki a’zolarini tilla saqlaydigan xufiya joyga aylantirgani ma’lum bo‘ldi. Maxsus rentgen apparati yordamida tekshirilganda, ushbu shaxsning organizmida jami 310 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi fosh etildi.

Xuddi shu kuni viloyat aeroportida Turkiyadan kelgan yana bir yo‘lovchi tutilgan. U bojxona qoidalarini chetlab o‘tib, yuklari orasida 108 grammdan ortiq tilla olib kirishga uringan. Bojxona xizmati tomonidan jami 501 million so‘mlik qimmatbaho buyumlar vaqtincha saqlashga olindi. Hozirda zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishi holatlari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Fuqaroning o‘z tanasidan «seyf» sifatida foydalanishi bo‘yicha holatga alohida huquqiy baho beriladi.