В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

«Oltin qalam» XX milliy mukofotiga qabul boshlandi

«Oltin qalam» XX milliy mukofotiga qabul boshlandi

Jurnalistlar o‘rtasidagi an’anaviy «Oltin qalam» tanlovi o‘zining 20 yillik yubileyini nishonlamoqda. Bosh sovrin — avtomobil. Arizalar televideniye, radio, matbuot va internet yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinadi.

Ushbu tanlov yigirmanchi marotaba o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. Nizomga ko‘ra, tanlovda nafaqat mahalliy tahririyatlar xodimlari, balki O‘zbekistonning zamonaviy qiyofasini xalqaro miqyosda targ‘ib etayotgan chet ellik jurnalistlar ham ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning asosiy yo‘nalishlari sifatida televideniye, radio, bosma nashrlar va internet jurnalistikasi belgilangan bo‘lib, har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar salmoqli moddiy rag‘batga ega bo‘ladilar.

Tanlovning mutloq g‘olibi uchun asosiy mukofot — yengil avtomobil va maxsus haykalcha tayyorlab qo‘yilgan. Shuningdek, birinchi o‘rin egalari 82,4 million so‘m (200 BHM), keyingi o‘rin sohiblari esa 72,1 million va 61,8 million so‘m miqdoridagi mukofotlar bilan taqdirlanadi. Ishtirok etishni xohlovchilar oxirgi bir yil davomida e’lon qilingan 5 tadan 7 tagacha bo‘lgan ijodiy ishlarini joriy yilning 22-mayiga qadar taqdim etishlari shart. Fotojurnalistika va publitsistika yo‘nalishlari bo‘yicha ham alohida rag‘batlantiruvchi mukofotlar ko‘zda tutilgan. Tanlov yakunlari an’anaga muvofiq 27-iyun kuni o‘tkaziladigan tantanali marosimda e’lon qilinadi.