В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi

O‘zbekiston Prezidenti 21-22 aprel kunlari Qozog‘istonda o‘tadigan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi yig‘ilishida qatnashadi. Tashrif doirasida qator muhim hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 21-22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Tashrif dasturidan Mintaqaviy ekologik sammit hamda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi o‘rin olgan. Oliy darajadagi muzokaralarda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi strategik masalalar diqqat markazida bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari ushbu anjumanlarda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekistonning taklif va tashabbuslarini ilgari suradi. Shuningdek, prezident milliy pavilyonlar tashkil etilgan maxsus ekologik ko‘rgazma bilan tanishishi rejalashtirilgan. Sammitlar yakuni bo‘yicha ekologik xavfsizlik va tabiatni muhofaza qilish sohasida davlatlararo hamkorlikning yangi bosqichini belgilab beruvchi bir qator muhim xalqaro hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.