So‘nggi:
O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari yana oshishi kutilmoqda | Tirbandlik va jazirama Toshkentni tungi ish rejimiga o‘tishga majbur qildi | O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalar narkotikka testdan o‘tkaziladi | Tim Kuk 15 yillik boshqaruvdan so‘ng Apple rahbarligidan ketishini e’lon qildi | Rossiya armiyasidagi o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi | my.gov.uz orqali telefon raqamini boshqa shaxs nomiga o‘tkazish imkoniyati yaratildi | Shavkat Mirziyoyev xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi | O‘zbekistonliklar mart oyida go‘sht, sut va energiya resurslari narxi oshganini ko‘proq his qilishdi | Qoraqalpog‘istonda Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi tashkil etiladi | O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda |

Toshkentda YPX inspektorini urib yuborgan haydovchi olti yilga qamaldi

Toshkentda YPX inspektorini urib yuborgan va voqea joyidan qochgan haydovchi olti yilga qamaldi.

Toshkent shahar sudi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yuborgan haydovchiga nisbatan yakuniy hukmni e’lon qildi. Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 23 yoshli BYD avtomobili haydovchisi ushbu jinoyati uchun olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Voqea 2025-yilning may oyida sodir bo‘lgan edi. Haydovchi inspektorning to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirgan va uni urib yuborgan. Oqibatda xodim ikkala son suyagining sinishi kabi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu ish bir necha bor qayta ko‘rib chiqildi. Dastlab 2024-yil sentyabrda sudlanuvchi olti yilga qamalgan edi. Biroq 2025-yil yanvarda apellyatsiya sudi jazoni uch yillik axloq tuzatish ishlariga o‘zgartirib, uni muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilgan. Keyinchalik ish yana yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Takroriy sud jarayonida haydovchining aybi to‘liq tasdiqlandi va unga yana olti yillik qamoq jazosi tayinlandi. Sud hukm chiqarishda sudlanuvchining qamoqda va axloq tuzatish ishlarida o‘tagan vaqtini inobatga oldi va umumiy muddatdan 296 kun chegirib tashlandi.