В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21-apreldan boshlab respublika bo‘ylab nam havo oqimi kirib keladi. O‘zgidromet momaqaldiroq, kuchli shamol va sel kelish xavfi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Respublika hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida ob-havo sharoiti o‘zgaradi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 21-23 aprel kunlari ko‘plab viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli yuqori. Hafta boshidagi +29 darajali issiq harorat o‘rnini +18…+23 darajali mo‘tadil iqlim egallaydi. Shuningdek, ayrim hududlarda shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayib, chang-to‘zonlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi. Toshkent shahrida 21-aprel kuni kechki soatlarda boshlanadigan yog‘ingarchilik 22-23 aprel kunlari ham davom etishi prognoz qilinmoqda. Payshanba kuni poytaxtda havo harorati +20…+22 darajagacha pasayadi. Ammo juma kunidan boshlab bulutlar tarqaladi va quyoshli ob-havo qaytishi bilan harorat yana ko‘tarila boshlaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol poytaxtda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.