Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Ruhiy xastaligi bor shaxslarni parvarishlovchi oilalarga davlat yordami kuchaytiriladi

Ruhiy xastaligi bor shaxslarni parvarishlovchi oilalarga davlat yordami kuchaytiriladi

Ruhiy xastaligi bor shaxslarni parvarishlovchi oilalarga oylik to‘lovlar joriy qilinadi. «Madad» va «Yangi kun» kabi loyihalar nogironligi bor shaxslarni jamiyatga moslashtirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab chuqur aqliy zaifligi bo‘lgan voyaga yetgan shaxslarning (18 yoshdan yuqori) qonuniy vakillari uchun maxsus parvarishlash nafaqasi to‘lanishi boshlanadi. Bu chora uzoq yillar davomida og‘ir bemorlarni parvarishlab kelayotgan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan.

Shuningdek, kelgusi yil davomida ruhiy salomatligida muammosi bo‘lgan I va II guruh nogironlari uchun bir qator innovatsion xizmatlar ishga tushadi. «Yangi kun» kunduzgi markazlari bemorlarga ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatsa, «Madad» kichik uylari ularning mustaqil hayotga moslashishiga ko‘maklashadi. «Ijtimoiy ta’til» xizmati esa bemorlarning yaqinlariga qisqa muddatli hordiq chiqarish imkonini beradi. Ushbu xizmatlar nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilib, xarajatlar davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi. Bu tizim nogironligi bor shaxslarning yopiq muassasalarda emas, balki oila muhitida yashashiga sharoit yaratadi.

Izohlar

    Izoh qoldirish