Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

Jamoat joylarida xavfli buyumlar olib yurish uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekistonda pichoq va xavfli buyumlarni ochiq holda ko‘tarib yurish taqiqlandi. Shuningdek, oilaviy zo‘ravonlik qilgan shaxslardan qurol-yarog‘lar musodara qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, pichoq, bolta yoki boshqa keskir asboblarni kishilar ko‘z o‘ngida namoyish qilish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bir yil ichida ushbu qoidani takroran buzgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha jarimaga tortiladi. Ushbu chora fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxslarga nisbatan choralar kuchaytirildi. Endilikda himoya orderi berilgan tajovuzkorlardan fuqaroviy qurollar va o‘q-dorilar ichki ishlar organlari tomonidan olib qo‘yiladi. Qurolni musodara qilish himoya orderi amal qilish muddati tugagunga qadar davom etadi. Mazkur o‘zgarishlar ehtimoliy mudhish jinoyatlarning oldini olishda muhim huquqiy to‘siq bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish