O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkent markazida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent markazida, sobiq «Rossiya» mehmonxonasi yaqinida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Bugun Toshkent markazida, sobiq «Rossiya» mehmonxonasi yaqinida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida avtobus yo‘l chetidagi bordyurga chiqib ketgan.

Avtobus salonida bo‘lgan yo‘lovchining ma’lum qilishicha, transport vositasi o‘rtacha darajada to‘lgan bo‘lib, unda tik turgan yo‘lovchilar ham bo‘lgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvdan biroz oldin haydovchi keskin tormoz bergan.

«Men shunchaki tezlikni pasaytirayapti deb o‘yladim, ammo to‘satdan zarba bo‘ldi», — deya xabar beradi voqea ishtirokchisi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisada yengil avtomobil haydovchisi aybdor bo‘lishi mumkin: guvohlarning ta’kidlashicha, chorrahada yengil avtomobil avtobusning yon qismiga kelib urilgan, bu esa haydovchining boshqaruvni yo‘qotishiga va avtobusning yo‘l chetiga chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.

IMG_6505

Hozircha huquq-tartibot organlari yoki «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati tomonidan rasmiy ma’lumot berilmadi. Jabrlanganlar soni va ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.