В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

XVF O‘zbekistonga soliq imtiyozlarini qisqartirishni tavsiya qildi

XVF O‘zbekistonga soliq imtiyozlarini qisqartirishni tavsiya qildi

Soliq imtiyozlari va bojxona preferensiyalari bekor qilinishi mumkin — XVF O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha keskin tavsiyalarni e’lon qildi. Asosiy talablar: samarasiz «soliq ta’tillari»ni tugatish, narxlarni tartibga solishdan voz kechish va davlat banklarini xususiylashtirishni jadallashtirish.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekiston moliya tizimini isloh qilish bo‘yicha navbatdagi talablar paketini taqdim etdi. Jamg‘arma xulosasiga ko‘ra, 2026-yilda inflatsiya bosimini kamaytirish uchun byudjet xarajatlarini cheklash va samarasiz soliq imtiyozlaridan butunlay voz kechish zarur. Ekspertlar 2020-yildan buyon soliq tushumlarining YaIMdagi ulushi kamayib borayotganini xavotirli holat deb baholab, foyda solig‘i bo‘yicha berilgan barcha imtiyozlarni va bojxona preferensiyalarini bekor qilishni taklif etmoqda.

Shuningdek, XVF iqtisodiyotdagi narxlarni sun’iy boshqarish va yalpi subsidiyalar tizimidan voz kechib, faqatgina aholining kam ta’minlangan qatlamiga maqsadli yordam ko‘rsatishga o‘tishni tavsiya qilmoqda. Bank sohasida esa davlat ulushi bor banklarni sotish jarayonini tezlashtirish va past ko‘rsatkichga ega banklar rahbariyatini almashtirish yoki ularni tugatish masalasi ko‘tarilgan. Jamg‘arma ta’kidiga ko‘ra, davlat banklariga ijtimoiy vazifalar yuklash amaliyoti moliyaviy barqarorlikka tahdid soladi va byudjet yukini oshiradi.