So‘nggi:
O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyat

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

O‘zbekiston rasmiylari Humans rahbari Vladimir Dobrininni noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil qilish va daromadlarni legallashtirishda ayblamoqda. Avvalroq kompaniya bankrot deb topilgan va hukumat ustidan xalqaro sudga da’vo kiritgan edi.

Humans kompaniyasi asoschisi va rahbari 52 yoshli Vladimir Dobrinin Interpol tarmog‘i orqali xalqaro qidiruvga berildi. Interpol saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirkorga nisbatan qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish ayblovlari qo‘yilgan. Ushbu qidiruv Humans atrofidagi qator iqtisodiy mojarolar va sud jarayonlari fonida yuz bermoqda.

Kompaniya bilan bog‘liq asosiy voqealar:

  • Xalqaro sud: 2025-yil may oyida Humans’ning Singapurdagi muassisi investitsiyaviy bitimlar buzilgani sababli O‘zbekiston hukumati ustidan xalqaro arbitrajga shikoyat qilgan.

  • Bankrotlik: O‘tgan yilning oktyabrida Octobank da’vosi asosida Humans bankrot deb topildi. Kompaniyaning ushbu bank oldidagi qarzi 430 mlrd so‘m, «O‘zbektelekom» oldidagi qarzi esa 532 mlrd so‘mdan oshishi aytilmoqda.

  • Mablag‘lar o‘g‘irlanishi: Dekabr oyida Humans ilovasiga bog‘langan kartalardan pullar asossiz yechib olingani haqida xabarlar tarqaldi. Buning ortidan Markaziy bank Paylov (Octagram) to‘lov tizimining P2P o‘tkazmalarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari Dobrininning qayerda ekanligini aniqlash choralarini ko‘rmoqda, kompaniya vakillari esa biznesga nisbatan tizimli bosim o‘tkazilayotganini ta’kidlab kelmoqda.