Centrum Air «Samara — Toshkent» reysidan blogerning tushirib qoldirilishiga munosabat bildirdiJamiyatAQSh vaboning tarqalishi sababli o‘z fuqarolarini Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdiDunyoToshkentda ToshDTUning yangi DXSh yotoqxonasidan 300 ga yaqin talaba chiqarib yuborildiJamiyatToshkentda tunda issiq suv bosimi va harorati vaqtincha pasaytiriladi — hududlar ro‘yxatiJamiyatToshkentda erkak voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uni zo‘rlab kelgani aniqlandiJamiyatAndijonda firibgarlik uchun sudlangan shaxs uyida soxta pul yasash bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonliklar yangi viza sabab Tailandga chipta sotib olmay qo‘ydiJamiyatUzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydiJamiyatToshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandiJamiyatSaudiya Arabistonida Payg‘ambarni haqorat qilgan migrant o‘lim jazosiga hukm qilindiDunyo

UzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydi

UzAuto Motors banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lashga Chevrolet Cobalt va Damas sotuvini yo‘lga qo‘ydi

UzAuto Motors 7-oktyabrdan e’tiboran Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini bank ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash (rassrochka) sharti bilan sotishni boshladi. Boshlang‘ich to‘lov va oylik to‘lov shartlari.

Cobalt va Damas uchun bo‘lib to‘lash shartlari

UzAuto Motors kompaniyasi 7-oktyabrdan e’tiboran xaridorlarga Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini banklar vositachiligisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish imkoniyatini taqdim etdi. Dastur boshlang‘ich badalni topshirib, qolgan summani har oy teng ulushlarda to‘lashni nazarda tutadi.

Avtomobil modellari bo‘yicha belgilangan shartlar:

  • Chevrolet Cobalt: Boshlang‘ich to‘lov — avtomobil qiymatining 50 foizi. Bo‘lib to‘lash muddati — 24 oy. Baza komplektatsiyasi uchun eng kam oylik to‘lov 3 252 000 so‘mdan boshlanadi.

  • Damas: Boshlang‘ich to‘lov — 30 foiz. Bo‘lib to‘lash muddati — 30 oy. Baza komplektatsiyasi uchun eng kam oylik to‘lov 2 173 640 so‘mni tashkil etadi.

Shartnoma rasmiylashtirish va cheklovlar

Oylik to‘lov miqdori avtomobilning tanlangan komplektatsiyasiga qarab o‘zgarishi mumkin. Kompaniya ushbu bo‘lib to‘lash dasturi bo‘yicha ajratilgan avtomobillar soni cheklanganini ta’kidlab, xaridorlarga rasmiylashtirish jarayonida buni hisobga olishni tavsiya etadi.