So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar AQSh va Yevropaga yuborishni va’da qilgan firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar AQSh va Yevropaga yuborishni va’da qilgan firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirildi

Istanbuldagi Bosh konsulxona AQSh va Yevropaga noqonuniy yuborishni va’da qilayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Afrika va Lotin Amerikasida sarson qolgan ayol vatanga qaytarildi.

Diplomatlarning ma’lum qilishicha, ayrim shaxslar va shubhali shirkatlar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari orqali aylanma yo‘llar bilan manzilga yetkazishni va’da qilmoqda. Natijada yuzlab o‘zbekistonliklar uzoq o‘lkalarda sarson-sargardon bo‘lib, hayoti xavf ostida qolmoqda.

Yaqinda sodir bo‘lgan holatlardan biri misol tariqasida keltirildi: AQShga ketish ilinjida firibgarlarga aldanib, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida farzandi bilan chorasiz ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol Bosh konsulxona ko‘magi bilan vatanga qaytarildi. Bunday noqonuniy migratsiya yo‘lini tanlash nafaqat katta miqdordagi pul mablag‘larini yo‘qotishga, balki hujjatlarning olib qo‘yilishi, xorijda hujjatsiz qolib ketish va uzoq muddatli deportatsiya taqiqlariga uchrashga sabab bo‘lishi mumkin.

Konsulxona xodimlari fuqarolarga quyidagi muhim qoidalarga amal qilishni eslatmoqda:

  • AQSh yoki Yevropa davlatlariga chiqish uchun faqat rasmiy vakolatli idoralarga murojaat qilish;

  • Noqonuniy yo‘llar bilan chegara kesib o‘tishni va’da qilib pul talab qilayotgan shaxslarga ishonmaslik;

  • Shaxsiy hujjatlarni (pasport va boshqalar) begona kimsalarga topshirmaslik.

Huquqbuzarliklar yoki firibgarlik holatlariga duch kelgan fuqarolar Istanbuldagi Bosh konsulxonaning ishonch telefonlariga murojaat qilishlari so‘raladi.