Toshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandiJamiyatSaudiya Arabistonida Payg‘ambarni haqorat qilgan migrant o‘lim jazosiga hukm qilindiDunyoJizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs o‘zini osib o‘ldirdiJamiyatMrBeast Toshkentda o‘z ishqibozlari bilan uchrashadiJamiyatIsroil 150 yo‘lovchisi bo‘lgan Flydubai samolyotini urib tushirishga tayyor turgan — OAVDunyoToshkentda 100 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasi barpo etiladiJamiyatDonald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurmoqchiSiyosatSirojiddin Adilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldiJamiyatLatviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishi mumkinJamiyatQo‘shrabotda mahalla raisi ayolga shilqimlik qilib behayo videolar yuborgani uchun qamaldiJamiyat

Toshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandi

Toshkentdagi kompyuter klubi yerto‘lasida maymun saqlanayotgani aniqlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Ekologiya patrul xodimlari kompyuter klubi yerto‘lasidan maymunni musodara qildi. Jonivor hayvonot bog‘iga topshirildi.

Yerto‘ladagi noqonuniy saqlov

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv-6 mahallasida Ekologiya patrul xodimlari o‘tkazgan tekshiruv davomida kompyuter klublaridan birining yerto‘lasida noqonuniy saqlanayotgan yovvoyi jonivor — maymun aniqlandi.

Jonivor zudlik bilan Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. U yerda maymunga zaruriy tibbiy va xavfsiz parvarish sharoitlari yaratiladi.

Mutasaddilar ogohlantirishi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi yovvoyi hayvonlarni tegishli sharoitlarsiz hamda mutaxassislar nazoratisiz saqlash qonunga xilof ekanini eslatdi. Bunday holatlar jonivorning salomatligiga zarar yetkazishi bilan birga, atrofdagi odamlar xavfsizligiga ham tahdid soladi.

Avvalroq Toshkent ko‘chalarida yorqin yubka kiygizilgan maymunni yetaklab yurgan keksaygan ayol ko‘p bor ko‘rinish bergan edi. Hozirda ushbu holatlar o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmoqda.