Poytaxtda davlat raqamisiz va maxsus signallar bilan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan yigitlarga sud hukmi o‘qildi. Huquqbuzarlar qamoqqa olingan, avtomobil esa jarima maydonchasiga yuborildi.
Toshkent shahrida Gentra avtomobilida davlat raqamlarisiz va «migalka» yoqqan holda qarama-qarshi yo‘nalishda (vstrecha) harakatlangan shaxslar jazolandi. Qoidabuzarlar tanilib qolmaslik uchun raqamlarni yechib olishgan, biroq kuzatuv kameralari orqali ularning shaxsi aniqlangan.
Sud qarori bilan ikki nafar huquqbuzar 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga mahkum etildi. Avtomobil egasi esa boshqaruvni guvohnomasi bo‘lmagan shaxslarga bergani uchun yirik miqdorda jarimaga tortildi. Holat mayda bezorilik deb topilib, transport vositasi vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q