Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Toshkentda o‘gay onasi tomonidan muntazam qiynab kelingan qiz qutqarildi

Toshkentning Yunusobod tumanida o‘gay onasi tomonidan muntazam kaltaklangan 12 yoshli qiz qutqarildi. Ayolga nisbatan «Qiynash» moddasi bilan jinoiy ish ochildi.

Toshkent shahrida voyaga yetmagan qizga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan huquq-tartibot organlari surishtiruv boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 41 yoshli ayol o‘zining 2013-yilda tug‘ilgan o‘gay qizini uzoq vaqt davomida muntazam ravishda kaltaklab kelgan. Ushbu mudhish voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video materiallar asosida tekshirilgach, o‘z tasdig‘ini topdi.

Eng achinarlisi, shu vaqtga qadar huquq-tartibot idoralariga ushbu oiladagi zo‘ravonlik haqida hech qanday rasmiy murojaat yoki signal kelib tushmagan. Bola o‘z yaqinlari tomonidan o‘tkazilayotgan tazyiqlar qarshisida uzoq vaqt yolg‘iz qolgan. Hozirda jabrlanuvchi Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi va davlat himoyasiga olindi.

Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda Ichki ishlar vazirligi nazorati ostida tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutaxassislar oiladagi yashirin zo‘ravonlik holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmlari hamon dolzarb muammo bo‘lib qolayotganini ta’kidlamoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish