Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

Toshkentda metroda qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan yigit qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida metro poyezdida qizga shilqimlik qilgan 19 yoshli yigitga nisbatan hukm o‘qildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan ayblangan shaxsga 3 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Toshkent metropolitenida yo‘lovchi qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit ma’muriy qamoqqa olindi. Chilonzor yo‘nalishidagi bekatlar oralig‘ida sodir bo‘lgan ushbu holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudida ish ko‘rib chiqildi.

Sud materiallariga ko‘ra, poyezd vagonida 19 yoshli I. A. qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilib, uning tanasiga bir necha bor tegishga harakat qilgan. Jabrlanuvchi yigitning qo‘lini itarib yuborganiga qaramay, u qizning qo‘llaridan ushlab qolishga uringan, natijada jabrlanuvchi vagondan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Sudda huquqbuzar o‘zini charchagani va qizga tasodifan tegib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi vaj bilan oqlashga urindi.

Sud I. A.ning ko‘rsatmalarini rad etib, uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybdor deb topdi. Sud qarori bilan huquqbuzarga nisbatan 3 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.