Senat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyat

Toshkentda ikki nafar bozor qorovuli itlarni avtomobilda qasddan bosib ketdi

Toshkentda ikki qorovul itlarni qasddan avtomobilda bosib ketgani uchun sud qilinadi. Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki haydovchi o‘z boshqaruvidagi transport vositalarida hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik qilgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, hodisa 5-aprel kuni tungi soat 23:00 atrofida Uchtepa tumanidagi bozorlardan birining hududida yuz bergan.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, 29 va 30 yoshli ushbu shaxslar bozor hududida qorovul bo‘lib ishlagan. Ular o‘zlariga tegishli avtomobillarda itlarni qasddan bosib, hayvonlarga jarohat yetkazishgan. Videoyozuvlar ushbu harakatlar rejalashtirilgan va qasddan sodir etilganini tasdiqladi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, hayvonlarga nisbatan bunday munosabat uchun jarima yoki ma’muriy qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.

Huquq-tartibot idoralari hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik har qanday holatda ham jazo choralariga sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi.