O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkentda avtobus «zebra»dagi ayol va bolani urib yuborishiga sal qoldi

Toshkentda avtobus «zebra»dagi ayol va bolani urib yuborishiga sal qoldi

Toshkentning Sergeli tumanida o‘z bolasini yetaklab, tartibga solinmagan o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolning bir necha santimetr yonidan katta tezlikda yo‘lovchi avtobusi uchib o‘tdi.

«Toshshahartransxizmat» ma’lumotiga ko‘ra, 30-mart kuni 104-sonli yo‘nalish haydovchisi (59 yoshli shaxs) piyodalarga yo‘l bermay, o‘lim xavfini yuzaga keltirgan.

Ushbu qaltis vaziyatdan so‘ng haydovchi bilan mehnat shartnomasi darhol bekor qilindi, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ammo tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, haydovchini jazolash — bu shunchaki oqibat bilan kurashishdir.

Toshkentning ko‘p polosali va serqatnov magistrallarida tartibga solinmagan «zebra»lar hamon hayot-mamot lotereyasi bo‘lib qolmoqda. Bitta qatordagi mashina to‘xtaganida, bo‘sh qolgan qatordan kimdir «sakrab» chiqmasligiga hech qanday kafolat yo‘q.

Ushbu voqea poytaxtda piyoda eng himoyasiz qatlam ekanligini yana bir bor isbotladi. Videoda ayolning ham hushyorlikni yo‘qotib, transportga qaramay harakatlangani ko‘rinadi, biroq bu shahar infratuzilmasidagi kamchiliklarni oqlamaydi. Amalda poytaxtdagi «zebra» — xavfsizlik hududi emas, balki haydovchilar tomonidan tez-tez e’tiborsiz qoldiriladigan tavsiyaviy chiziqdir. Shu bois, piyodalarga o‘z hayotlarini saqlab qolish uchun faqat va faqat shaxsiy ehtiyotkorlikka tayanishdan o‘zga chora qolmayapti.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish