Xorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyoLotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandiSiyosatMarko Rubio amerikalik tadbirkorlarga O‘zbekistondan uy sotib olishni taklif qildiIqtisodiyotO‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmini yiliga 1 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqdaJamiyat

O‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasi shifokorlar va farmatsevtlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. 2030-yildan e’tiboran reyestrda ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritish taqiqlanadi.

Yagona reyestr va raqamli platforma

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali berish tizimini joriy etish to‘g‘risida 577-sonli qarorni qabul qildi.

Hujjatga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Tibbiy malaka platformasini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi. Ushbu platforma hujjatlarni qabul qilish, imtihonlar o‘tkazish, malaka mezonlarini baholash va QR-kodli elektron guvohnomalar berishni yagona tizimga biriktiradi. Tizim operatori sifatida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi belgilandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va maxsus davlat organlarining tibbiy xodimlari uchun platformada alohida yopiq modul yaratiladi.

Bosqichma-bosqich o‘tish va shartlar

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

  • 2027-yil 22-yanvardan qaror rasman kuchga kiradi.

  • 2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvargacha o‘tish davri amal qiladi. Bu davrda ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy shaklda — maxsus imtihon yoki malaka toifasini berish jarayonida avtomatik ravishda bajariladi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan xodimga navbatdagi malaka toifasi avtomatik beriladi.

  • 2030-yil 1-yanvardan davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiy bo‘ladi. Yagona elektron reyestrga kiritilmagan shaxslarga tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. Guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish maxsus imtihon orqali yoki imtihonsiz (xavf darajasi past mutaxassisliklar hamda 20 yildan ortiq ish staji va ilmiy darajasi bor xodimlar uchun) amalga oshiriladi. Soha bo‘yicha 3 yil va undan ortiq tanaffusga ega bo‘lgan mutaxassislar qayta ro‘yxatdan o‘tishdan oldin ixtisoslashuv kursini o‘tashlari shart.

Chet ellik mutaxassislar va ish beruvchilar uchun qoidalar

Tajriba almashish uchun 6 oygacha muddatga taklif etilayotgan xorijiy mutaxassislar 2027-yil 1-yanvardan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ularga kamida 5 yillik staj hamda o‘z mamlakatida tibbiy faoliyat olib borish huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lish talabi qo‘yiladi. 6 oydan ortiq muddatga keladigan xorijliklar umumiy tartibda 5 yilga ro‘yxatdan o‘tadilar.

Qaror bilan litsenziya talablariga ham o‘zgartirish kiritilmoqda: barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari shtatda faqat ro‘yxatdan o‘tgan xodimlarni saqlashi shart bo‘ladi. Guvohnoma muddatining tugashi yoki bekor qilinishi Mehnat kodeksining 168-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilishga asos bo‘ladi.

Arizalarni DXM, YXHM (my.gov.uz) yoki Tibbiy malaka platformasi orqali yuborish mumkin. Onlayn murojaat qilinganda 10 foizlik chegirma beriladi, kam ta’minlangan va I hamda II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga esa 50 foizlik imtiyoz ko‘zda tutilgan