So‘nggi:
O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyat

Toshkent viloyatida gaz portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida gaz portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

O‘rtachirchiq tumanidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in va portlash oqibatida ota va uning uch farzandi vafot etdi. Marhumning turmush o‘rtog‘i va onasi shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani «O‘rta Ovul» mahallasida mudhish fojia yuz berdi. 16-aprel kuni tunda xonadonlarning birida kuchli portlash sodir bo‘lib, buning oqibatida kelib chiqqan yong‘in bir oilaning to‘rt nafar a’zosi hayotiga zomin bo‘ldi.

Hodisa oqibatida 1996-yilda tug‘ilgan erkak hamda uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etdi.

Guvohlarning ta’kidlashicha, oila boshlig‘i o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yaqinlarini qutqarishga harakat qilgan. U rafiqasi va onasini derazadan tashqariga chiqarib yuborishga ulgurgan, biroq farzandlarini qutqarish uchun uyga qaytganida alanga ichida qolib halok bo‘lgan.

Hozirda ikki nafar ayol og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda. Mas’ul idoralar voqea joyida o‘rganish ishlarini olib bormoqda, portlashning aniq sabablari rasman ochiqlanmagan.