So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Toshkent va Samarqandda yer uchastkalarini noqonuniy sotishga urinishlar fosh etildi

Toshkent va Samarqandda yer uchastkalarini noqonuniy sotishga urinishlar fosh etildi

Toshkent va Samarqandda yer sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Zangiotada 24 sotix, Kattaqo‘rg‘onda esa temir yo‘l zonasidagi yerlar sotilishi to‘xtatib qolindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan otkazilgan tezkor tadbirlarda firibgarlar qolga olindi. Ular kadastr tizimidagi “tanishlariorqali davlat zaxirasidagi va temir yol yaqinidagi yerlarni rasmiylashtirib berishni vada qilgan.
O‘zbekistonning ikki hududida yer resurslarini talon-toroj qilish va firibgarlik yo‘li bilan sotish holatlariga chek qo‘yildi. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbirda, “Bo‘ston” mahallasi hududidagi davlat zaxirasidan 24 sotix yerni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Gumonlanuvchi kadastr xizmatidagi aloqalarini ishga solish evaziga xaridordan 20 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shunga o‘xshash holat Samarqand viloyatining Kattaqorgon tumanida ham qayd etildi. Mahalliy fuqaro 13 sotix yer maydonini 39 ming dollarga sotishga uringan. E’tiborlisi, ushbu yerning 5 sotixi temir yo‘lning muhofaza zonasida joylashgan bo‘lib, qonun bo‘yicha xususiy egalikka berilishi mumkin emas. Firibgar “tanishlari” yordamida hujjatlarni to‘g‘rilab berishini aytib, so‘ralgan mablag‘ning 5 ming dollarini bo‘nak (avans) sifatida olayotganida Departament xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Hozirda har ikkala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168moddasi (“Firibgarlik”) va 28, 211moddalari (“Pora berishda sheriklik qilish”) bilan jinoyat ishlari qozgatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Mutaxassislar fuqarolarni yer sotib olishda faqat rasmiy auksion savdolari va qonuniy tartib-taomillarga tayanishga, shubhali “vositachilar” xizmatidan voz kechishga chaqirmoqda.