Rossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyatSaida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildiSiyosatJavohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyat

Toshkent Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar taqiqlandi

Toshkent Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar taqiqlandi

Toshkent Botanika bog‘ida 1-apreldan velosiped va samokatlar haydash taqiqlandi. Ma’muriyat ushbu chorani piyodalar xavfsizligini ta’minlash bilan izohladi.

Poytaxtning eng yirik yashil hududlaridan biri — Botanika bog‘ida harakatlanish tartibi tubdan o‘zgardi. Bog‘ ma’muriyati hamda Ilmiy kengash qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-apreldan boshlab hududda barcha turdagi velosiped va samokatlar (shu jumladan, elektr samokatlar) haydash rasman to‘xtatildi.

Rasmiy bayonotda keltirilishicha, so‘nggi vaqtlarda bog‘ ichida ikki g‘ildirakli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuvlar va yiqilishlar natijasida tan jarohati olish holatlari ko‘paygan. Ko‘plab sayr qiluvchilarning shikoyat va so‘rovlari inobatga olinib, Botanika bog‘i o‘zining asl funksiyasi — sokin va xavfsiz ilmiy-madaniy dam olish maskani maqomini qaytarishga qaror qildi. Endilikda bog‘da faqat piyoda sayr qilishga ruxsat beriladi, bu esa tabiat qo‘ynida xotirjam dam olish muhitini yaratishga xizmat qiladi.