So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Termizda afg‘on afyuni savdosi bilan shug‘ullangan pensionerlar qo‘lga olindi

Termizda afg‘on afyuni savdosi bilan shug‘ullangan pensionerlar qo‘lga olindi

Termizda DXX xodimlari yirik narkoguruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Guruh a’zolari orasida yoshi ulug‘ shaxslar borligi va ular bevosita kontrabanda bilan shug‘ullangani aniqlandi.

Davlax xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh fosh etildi. Ma’lum bo‘lishicha, chegara oldi hududlarida istiqomat qiluvchi bir necha nafar pensioner Afg‘onistondagi yetkazib beruvchilar bilan til biriktirgan. Ular afyun moddasini O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirib, Termiz shahri va unga tutash tumanlarda sotishni yo‘lga qo‘yishgan.

Tezkor amaliyot davomida dastlab guruhning pensioner yoshidagi a’zolaridan biri ushlandi. Keyinchalik uning sheriklari ham qo‘lga olinib, ulardan ashyoviy dalil sifatida naqd pullar va 5 gramm giyohvandlik moddasi olindi. Guruh yetakchisining xonadonida o‘tkazilgan tintuv natijasida esa yirik hajmdagi narkotik zaxirasi aniqlangan: umumiy og‘irligi 12 kilogrammdan ortiq bo‘lgan 12 ta o‘ramdagi afyun hamda giyohvand moddalarni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslamalar musodara qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha gumonlanuvchilar hibsga olingan. DXX tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.