Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyat

Surxondaryoda erkak harbiy operatsiyada qatnashgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi

Sho‘rchi tumanida Rossiya armiyasi safiga qo‘shilib, Kursk viloyatidagi jharbiy operatsiyada ishtirok etgan shaxsga jazo tayinlandi. Frontda yaralanib uyiga qaytgan fuqaro yollanma askarlikda aybdor deb topildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi yollanma askarlikda ayblangan Yu. A.ga nisbatan hukm chiqardi. Aniqlanishicha, 2024-yilda Rossiyaga taksichilik qilish uchun ketgan erkak bir yildan so‘ng ushbu mamlakat qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan. Tayyorgarlikdan o‘tgach, u Kursk viloyatidagi jangovar harakatlar zonasiga yuborilgan va bevosita to‘qnashuvlarda qatnashgan.

Janglar davomida snaryad portlashi natijasida jarohatlangan Yu. A. Moskva viloyatidagi gospitalda davolangan va shundan so‘ng urushni davom ettirishdan bosh tortgan. O‘zbekiston elchixonasi yordamida uyiga qaytgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sud uni yollanma askarlik va chet davlat harbiy xizmatiga kirish moddalari bo‘yicha aybdor deb topib, 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish