Markaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdiJamiyatO‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilmoqdaSiyosatAbdumalik Nazirov O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda hafta anomal +29 daraja issiq bilan boshlanadiJamiyatGTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyatO‘zbekistonda xorijliklarni endi deportatsiya markazida bir yilgacha ushlab turish mumkin bo‘ladiJamiyat

Surxondaryoda Afg‘onistondan 52 kg dan ortiq hashish va opiy olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi

Surxondaryoda Afg‘onistondan 52 kg dan ortiq hashish va opiy olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildi

Surxondaryo viloyatining «Ayritom» chegaralari orqali Afg‘onistondan 52,6 kg og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarini yuk mashinasi tirkamasi ostiga yashirib olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi.

Chegaradagi tezkor ko‘rik va kontrabanda tafsilotlari

Surxondaryo viloyatidagi «Ayritom» chegaralari orqali O‘zbekiston hududiga Afg‘onistondan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini olib kirishga bo‘lgan navbatdagi urinishning oldi olindi. Bojxona organlari xodimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 1-oktyabr kuni kechki payt chegaraga kirib kelgan bo‘sh yuk avtomobili bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Avtomobilni Termiz tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro boshqarib kelgan.

Bojxona ko‘rigi davomida xizmat iti avtotransport vositasiga nisbatan shubhali munosabat bildirganidan so‘ng, yuk mashinasi chuqurlashtirilgan ko‘rikka yo‘naltirildi. Tekshiruv natijasida yuk avtomobili tirkamasining pol qismi ostiga yashirilgan hamda aniqlanishini qiyinlashtirish maqsadida bir necha qavatga o‘ralgan 98 ta o‘ram borligi aniqlandi.

Miyod va umumiy ko‘rsatkichlar

Mutaxassislarning o‘rganishlariga ko‘ra, topilgan o‘ramlarning 79 tasida umumiy og‘irligi 42,3 kilogramm bo‘lgan hashish, qolgan 19 tasida esa 10,2 kilogramm opiy moddasi borligi tasdiqlandi. Umumiy og‘irligi 52,6 kilogrammni tashkil etgan ushbu kontrabanda partiyasi taxminan 340 ming marotabalik bir martalik dozaga teng keladi.

Ta’kidlash joizki, yil boshidan buyon bojxona organlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda 1,9 tonnadan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ygan. Avvalroq Surxondaryoda 40 kilogrammdan ortiq opiy ushlanib, nazorat ostida yetkazib berish amaliyoti orqali uni qabul qilib oluvchi shaxslar ham qo‘lga olingan edi.

Izohlar

    Izoh qoldirish