Avtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyoQo‘qondagi mehmonxonada 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi — gumondor СIZOga joylashtirildiJamiyat

Sirojiddin Adilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

Sirojiddin Adilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

Mirzacho‘l tumanida bloger Sirojiddin Adilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud uning blogerlik faoliyati bo‘yicha ayblov qo‘yilmaganini ma’lum qildi.

Sud muhokamasi va aniqlangan ayblovlar

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 5-oktyabrdagi hukmiga ko‘ra, taniqli bloger Sirojiddin Adilovga nisbatan hukm o‘qildi. Sud jarayonida sudlanuvchi bir nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik), shuningdek, ikki nafar fuqaroga nisbatan 168-moddasi 3-qismining «b, v» bandlarida nazarda tutilgan xizmat mavqeyidan foydalangan holda takroran firibgarlik sodir etganlikda aybli deb topildi.

Tergov va sud ko‘rib chiquvi davomida Adilov fuqaro D. Shamsiyevdan 12 million so‘m mablag‘ni tovlamachilik yo‘li bilan, G. Jumaniyozovadan 30 million so‘m va R. Xudoynazarovadan 33 million so‘m mablag‘ni esa xizmat mavqeyidan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani to‘liq o‘z isbotini topdi.

Moddiy zarar va sud bergan rasmiy munosabat

Yetkazilgan umumiy 75 million so‘m miqdoridagi moddiy zarar sudlanuvchi Adilov tomonidan to‘liq qoplab berilgan. Sud bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu jinoyat ishi doirasida Adilovning ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlik faoliyati yuzasidan unga nisbatan hech qanday ayblov ilgari surilmagan. Uning xatti-harakatlari va jinoiy javobgarligi faqatgina fuqarolarning mulkini firibgarlik va tovlamachilik yo‘li bilan o‘zlashtirgani bilan bog‘liq.

Sud barcha holatlarni, yetkazilgan zararning to‘liq qoplanganini hamda ayblov moddalarini ko‘rib chiqib, Sirojiddin Adilovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish