So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Sirdaryoda 11-sinf o‘quvchisi o‘z sinfdoshini kaltakladi

Sirdaryoda 11-sinf o‘quvchisi o‘z sinfdoshini kaltakladi

Sirdaryo viloyatidagi maktabda 11-sinf o‘quvchisi sinfdosh qizni kaltakladi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Bolalar ombudsmani Sirdaryo viloyatidagi ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan zo‘ravonlik holati yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31-mart kuni 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida nizo kelib chiqqan.

Janjal davomida o‘smir yigit sinfdosh qizning yuz qismiga bir necha bor zarba bergan. Hozirda jabrlanuvchining tan jarohatlari darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan «Bezorilik» moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Ombudsman idorasi maktablarda bunday nizolarning oldini olish va o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit yaratish nafaqat huquqiy, balki ma’naviy mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Mutasaddilar ta’lim tizimida profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini bildirishmoqda.