Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini Hakim Termiziy majmuasidan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifini Hakim Termiziy majmuasidan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi muqaddas qadamjo — Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi.

Majmuada Qur’on oyatlari tilovat qilinib, yurtimizga tinchlik va taraqqiyot so‘rab duo qilindi. Davlat rahbari buyuk vatandoshimizning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos ekanini va bu meros bugungi kun yoshlari uchun ma’naviy mayoq bo‘lib xizmat qilishi lozimligini qayd etdi.

Ulamolar bilan kechgan muloqotda allomaning asarlarini tizimli o‘rganish va ularni xalqaro darajada keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev majmua infratuzilmasini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Jumladan, ziyoratchilar uchun servis sifatini oshirish, hududni obodonlashtirish va tashrif buyuruvchilarning qulayligini ta’minlash maqsadida xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.