Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Shavkat Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gul qo‘ydi. Prezident Sohibqiron merosi Yangi O‘zbekiston islohotlari uchun asos bo‘lishini ta’kidladi.

9-aprel kuni buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron nomi bilan ataluvchi poytaxt xiyoboniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari buyuk bobomiz haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yuksak xotirasi oldida ta’zim qildi. Prezident Amir Temur shaxsi milliy g‘urur va davlatdorlik an’analarining boqiy timsoli bo‘lib qolishini qayd etdi.

Prezident tadbir davomida Temuriylar davri va bugungi islohotlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikka to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlandiki, bundan yetti asr muqaddam amal qilingan adolat va insonparvarlik tamoyillari bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlat rahbarining tashabbusi bilan Temuriylar merosini o‘rganish tizimli tus oldi: «Temur tuzuklari» qayta nashr etildi, aprel oyi «Amir Temur oyi» deb e’lon qilindi, hududlarda esa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi «Temurbeklar maktabi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, uchrashuvda tarixiy o‘zlikni saqlash masalalariga urg‘u berildi. Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Temuriylar tarixi davlat muzeyi tubdan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ilm-fan va innovatsiyalar markaziga aylantirildi. Davlat rahbari o‘sha davrdagi bunyodkorlik energiyasi Uchinchi Renessans poydevori ekanini ta’kidladi. An’anaga muvofiq, prezident xiyobon hududida daraxt ekib, bu harakati bilan ajdodlarimizning obodonlashtirish borasidagi ezgu ishlariga sodiqligini namoyon etdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish