Rossiyalik repper Navai Qozog‘iston chegarasidagi «Qorday» punktida ushlandi. Uning mashinasidan giyohvand modda topilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Chegaradagi hibs va jinoyat ishi
Rossiyalik taniqli repper Navai (Navai Bakirov) 13-oktyabr kuni Qirg‘izistondan Qozog‘istonga o‘tish vaqtida «Qorday» chegara punktida qo‘lga olindi.
Qozog‘iston полицияsi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, xonandaning avtomobili ko‘zdan kechirilganda undan taqiqlangan modda topilgan va olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan giyohvandlik vositalari kontrabandasi gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda Navai vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan bo‘lib, sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Konsertning qoldirilishi va Toshkentdagi chiqish
Hibsga olinishi ortidan xonandaning 14-oktyabr kuni Ostonada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti boshqa muddatga qoldirildi. Tashkilotchilar tadbirning ko‘chirilishini «texnik sabablar» bilan izohlashgan.
Eslatib o‘tamiz, chegara bilan bog‘liq ushbu fojiadan biroz avval, 8-oktyabr kuni Navai Toshkentda o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan va shahar ko‘chalarida Damas avtomobilida yurgani bilan jamoatchilik e’tiborini tortgan edi





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q