So‘nggi:
1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladiJamiyatYil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyo

Rossiyadagi 3 ming o‘zbekistonlik mahkumni qaytarish uchun yangi huquqiy shart qo‘yildi

Rossiyadagi 3 ming o‘zbekistonlik mahkumni qaytarish uchun yangi huquqiy shart qo‘yildi

Rossiya 3 mingdan ortiq mahkumni O‘zbekistonga topshirishga tayyor. Jarayon boshlanishi uchun O‘zbekiston xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.

Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkovaning so‘zlariga ko‘ra, mahkumlarni topshirish jarayoni faqatgina O‘zbekiston 1998-yilda qabul qilingan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni topshirish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomaga qo‘shilganidan so‘ng boshlanishi mumkin.

Mazkur hujjat hozirda MDHning bir qator davlatlari, jumladan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida muvaffaqiyatli amal qilib kelmoqda. Konvensiya mahkumlarga jazo muddatining qolgan qismini o‘z vatanida, oilasi va qarindoshlari yaqinida o‘tash huquqini beradi. Bu esa o‘z navbatida mahkumlarning kelajakda jamiyatga qaytishi va moslashishini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Gumanitar tamoyillarga asoslangan ushbu mexanizm nafaqat mahkumlarning huquqlarini himoya qilish, balki ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Hozirda O‘zbekistonning mazkur xalqaro kelishuvga qo‘shilishi bo‘yicha tegishli idoralararo maslahatlashuvlar o‘tkazilishi zarurati yuzaga kelgan.