Sanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyoLotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandiSiyosat

Navro‘z arafasida Samarqand va Buxoroga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdlari yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami arafasida mamlakatda shaharlararo yo‘lovchi tashish xizmatlariga talab keskin oshadi.

Aholi va sayyohlarning yirik turistik markazlar o‘rtasida qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Afrosiyob tezyurar elektropoyezdlari uchun qo‘shimcha reyslarni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi.

Qo‘shimcha qatnovlar jadvali

Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishi

Qo‘shimcha poyezdlar 19, 23 va 24 mart kunlari qatnaydi.

  • 778-reys Toshkent markaziy vokzalidan 06:10 da jo‘naydi.

  • 777-reys Buxorodan 18:08 da yo‘lga chiqadi.

Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishi

Bayram kunlarining eng faol davri — 20, 21 va 22 mart kunlari ham qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.

  • 776-reys Toshkentdan 13:56 da jo‘naydi.

  • 775-reys Samarqanddan 10:55 da harakatlanadi.

Bayram kunlari ushbu yo‘nalishlarga talab juda yuqori bo‘lishi sababli chiptalar tez sotilib ketmoqda. Shu bois yo‘lovchilarga chiptalarni oldindan xarid qilish tavsiya etiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish