Toshkentda 100 ta zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchasi barpo etiladiJamiyatDonald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurmoqchiSiyosatSirojiddin Adilov firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldiJamiyatLatviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishi mumkinJamiyatQo‘shrabotda mahalla raisi ayolga shilqimlik qilib behayo videolar yuborgani uchun qamaldiJamiyatQarzdorlik 240 trillionga yetdi: O‘zbekistonliklar nima uchun ko‘proq kredit olayotgani ma’lum qilindiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladiSiyosatQarshida soliqchilar 100 ga yaqin fuqaroning pullarini talon-toroj qildiJamiyatSurxondaryoda Afg‘onistondan 52 kg dan ortiq hashish va opiy olib kirishga bo‘lgan urinish bartaraf etildiJamiyatO‘zbekistonda ushbu haftada salqin ob-havo saqlanib qoladiJamiyat

Qo‘shrabotda mahalla raisi ayolga shilqimlik qilib behayo videolar yuborgani uchun qamaldi

Qo‘shrabotda mahalla raisi ayolga shilqimlik qilib behayo videolar yuborgani uchun qamaldi

Qo‘shrabot tumanida «Katta Oqmachit» mahalla raisi oilasini yarashtirish bahonasida telefon raqamini olgan ayolga shilqimlik qilib, behayo videolar yuborgani uchun sud qilindi.

Mojora va mahalla raisining xatti-harakatlari

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudida «Katta Oqmachit» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, 42 yoshli U. Ch.ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Ish materiallariga ko‘ra, voqea joriy yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi D. T. sud majlisida turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchilik sabab otasining uyiga ketib qolganini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng ayolning qaynona-qaynasi, mahalla xotin-qizlar faoli va mahalla raisi U. Ch. uni yarashtirish va oilasiga qaytarish maqsadida otasining xonadoniga borishgan. Jarayonda ayolni uyiga qaytarib olib kelishgan va shu vaqtda mahalla raisi jabrlanuvchining telefon raqamini olgan. Ayolning ta’kidlashicha, shundan so‘ng rais unga doimiy ravishda xabarlar yozib, ishqiy munosabatda bo‘lishni taklif qilgan va Telegram orqali porno mahsulotlar hamda behayo videolarni yuborgan. Shuningdek, 3-sentyabr kuni ham shilqimlik qilib, jinsiy aloqada bo‘lishni taklif etgan.

Sud hukmi va tayinlangan jazo

Sudda mahalla raisi o‘z aybini tan olmadi. U xabarlarni ayolga o‘zi yozmaganini, notanish raqam kimmikin deb turmush o‘rtog‘i uning nomidan muloqot qilganini va behayo videolar yubormaganini da’vo qildi. Biroq jabrlanuvchi raisning qilmishi uning oilasi ajrashib ketishiga sabab bo‘lishiga sal qolganini aytib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Sud qaroriga ko‘ra, U. Ch. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Jinsiy tegajog‘lik) hamda 189-moddasi (Pornografik mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan aybdor deb topildi. Unga birinchi modda bo‘yicha 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi, ikkinchi modda bo‘yicha esa BHMning 100 baravari (44 million so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.