Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindarov bilan telefon orqali gaplashdi

Shavkat Mirziyoyev Kiprdagi g‘alabadan so‘ng grossmeysterga qo‘ng‘iroq qildi. Prezident Sindarovning matonati jahon shaxmatida noyob hodisa bo‘lganini qayd etib, uni bo‘lajak chempionlik bahsiga ruhlantirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev nomzodlar turnirida zafar quchgan Javohir Sindarovga qo‘ng‘iroq qilib, uning g‘alabasini butun mamlakatning faxri deb atadi. Davlat rahbari yosh grossmeysterning dunyo elitasiga qarshi o‘yinlardagi shijoatini hamda 14 ta partiyadan 6 tasida g‘alaba qozonganini sport olamidagi «noyob hodisa» sifatida baholadi. Suhbat davomida bu yutuq O‘zbekiston intellektual salohiyatining amaldagi isboti ekani alohida ta’kidlandi.

Prezident Sindarovga jahon shaxmat toji uchun kechadigan hal qiluvchi bahs oldidan muvaffaqiyat va kuch-g‘ayrat tiladi. Shuningdek, ushbu g‘alaba joriy yili Samarqand mezbonlik qiladigan Butunjahon shaxmat olimpiadasida milliy terma jamoamiz uchun yuksak ruhiy ko‘tarinki bag‘ishlashi qayd etildi. Sindarov ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, jahon tojini O‘zbekistonga olib kelish uchun bor imkoniyatini ishga solishini ma’lum qildi.

Izohlar

    Izoh qoldirish