So‘nggi:
Senat korrupsiyaga qo‘l urganlar uchun muddatidan ilgari shartli ozod qilinishni cheklashni ma’qulladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni parlament saylovlaridagi g‘alaba bilan qutladiSiyosatXalqaro forum sababli poytaxtda transport harakati o‘zgaradi va yuk mashinalariga taqiq qo‘yiladiJamiyatToshkentda issiqlik ta’minoti uchun oldindan to‘lov imtiyozi 2 oygacha qisqartirildiJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli uyning fasadi yonib ketdiJamiyatO‘zbekistonda eskrou tizimi sabab uy va mashina bozori keskin “sovidi”JamiyatO‘zbekistonda shaxsiy mashinalarni sug‘urtalash narxi keskin qimmatlashdiJamiyatO‘zbekiston aholisi va biznesining banklardan qarzdorligi 628,9 trillion so‘mga yetdiJamiyatToshkentda Cobalt haydovchisi otishma bilan yakunlangan quvib o‘tish poygasini sodir etdiJamiyatUzbekistan Airways Rossiyaga reyslar sonini kamaytiradiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev madaniyat xodimlarini tabriklab kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish vazifasini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat xodimlarini tabriklab kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish vazifasini qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillariga bayram tabrigini yo‘lladi. Tabrikda oylik maoshlar 35 foizga oshgani e’tirof etilib, 2030-yilgacha sohaning YaIMdagi ulushini 5 foizga yetkazish maqsadi belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni nishonlanadigan Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan soha fidoyilariga o‘z tabrigini yo‘lladi. Davlat rahbari o‘z murojaatida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda san’at ahlining xizmatlarini alohida qayd etdi. Ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda yurtimizda o‘nlab yangi madaniyat maskanlari barpo etildi, soha xodimlarining moddiy ta’minoti yaxshilanib, maoshlar o‘rtacha 35 foizga oshirildi.

Bayram tabrigida sohaning iqtisodiy istiqbollariga ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, 2030-yilga borib kreativ iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 5 foizga yetkazish ustuvor vazifa etib belgilandi. Shu maqsadda yangi Kreativ sanoat parki tashkil etilishi va milliy san’at mahsulotlari eksportini kengaytirish choralari ko‘riladi. Prezident o‘zbek san’atkorlarining xalqaro nufuzli sahnalardagi muvaffaqiyatli chiqishlari milliy madaniyatimizning jahon miqyosidagi o‘rni mustahkamlanib borayotganidan dalolat ekanini e’tirof etdi.