В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Oliy toifali pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar 20-apreldan qabul qilinadi

20-apreldan boshlab oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uy-joy subsidiyasi uchun ariza topshirishlari mumkin. Davlat boshlang‘ich badalning 25 foizini qoplab beradi.

Joriy yilning 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlab oliy malaka toifasiga ega (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagoglardan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilinadi. Hukumat qaroriga muvofiq, mazkur dastur doirasida uy-joy krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun o‘qituvchilar belgilangan ijtimoiy mezonlarga javob berishlari lozim.

Subsidiyaga da’vogarlik qilayotgan ustozlar kamida 15 yillik pedagogik stajga ega bo‘lishlari va oliy toifa (yoki bosh o‘qituvchi) maqomida ishlashlari shart. Yana bir muhim shart shundan iboratki, ariza beruvchi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika bo‘ylab ikki va undan ortiq uy-joy bo‘lmasligi kerak. Arizalarni my.gov.uz portali, MyGov mobil ilovasi yoki bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.