So‘nggi:
O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyatO‘zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish uchun $105 mln imtiyozli kredit ajratiladiIqtisodiyotVladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 69 yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladiSiyosatTramp majburiy mehnatga qarshi kurash bahonasida 60 ta davlatga yangi import bojlarini joriy etdiDunyoLondondagi elita mehmonxonasida 29 yoshli Saudiya shahzodasi vafot etdiDunyoO‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatAngrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyat

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklandi

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklandi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Isroilga muntazam parvozlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. May oyidan boshlab Isroilga Samarqand orqali ham qo‘shimcha reyslar amalga oshirilishi kutilmoqda.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 14-apreldan e’tiboran Toshkent — Tel-Aviv — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni tikladi. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda reyslar haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshirilmoqda. Mart oyi oxirida xavfsizlik choralari sababli ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Parvozlar jadvali may oyidan boshlab yanada kengaytiriladi. Xususan, 3-maydan boshlab yakshanba kunlari Toshkent — Samarqand — Tel-Aviv va qaytish yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu hududlardagi yo‘lovchilar uchun Isroilga borish va qaytishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.