Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 4–8-aprel kunlari uchun qor ko‘chkisi xavfini e’lon qildi. Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarning tog‘li tumanlarida ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Respublika gidrometeorologiya xizmati agentligi yaqin kunlarda tog‘li va tog‘oldi hududlarda qor ko‘chishi ehtimoli yuqori ekanligidan ogohlantirdi. Meteorologlarning ma’lum qilishicha, havo haroratining tebranishi va kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik qor qatlamlarining beqarorlashishiga olib kelishi mumkin.

Xavf ostidagi hududlar ro‘yxatiga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari, shuningdek, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Namangan viloyatlarining qator tog‘li hududlari kiritilgan. Mutaxassislar ushbu manzillarda yashovchi aholi, dam olishga chiqqan sayyohlar va dovonlar orqali harakatlanuvchi haydovchilarni hushyorlikni oshirishga chaqirmoqda.

Xususan, Namanganning Pop tumani hamda Jizzaxning Zomin va Baxmal tumanlarida ham ko‘chki xavfi saqlanib qolmoqda. Favqulodda vaziyatlar xizmati tog‘li hududlarga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolardan barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘ramoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish