So‘nggi:
Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi noqonuniy qurilishlarni keskin tanqid qildiSiyosatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatO‘zbekistonning 15 ta tumanida gaz va elektr muammolarini hal etish bo‘yicha maxsus shtablar tuzildiIqtisodiyotToshkentda kichik biznesga bo‘sh turgan davlat mulklari 10 yilgacha bepul foydalanishga beriladiIqtisodiyotOq uy COVID-19 pandemiyasi, Uxan laboratoriyasi va cheklovlar samarasizligi haqida yangi hisobotni e’lon qildiDunyoCholpon-Otada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdiSiyosatQirg‘iziston—O‘zbekiston chegarasida navbatdagi yerosti tunneli topildiJamiyatO‘zbekistonda bank depozitlaridan olinadigan daromadga 5 foizli soliq joriy etish taklif qilindiIqtisodiyotArgentinada davlat xizmatchilari bo‘lgan vertolyot qulab tushdiDunyoShavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradiJamiyat

O‘zbekistonning 15 ta tumanida gaz va elektr muammolarini hal etish bo‘yicha maxsus shtablar tuzildi

O‘zbekistonning 15 ta tumanida gaz va elektr muammolarini hal etish bo‘yicha maxsus shtablar tuzildi

Energetika vazirligi respublikaning 15 ta tumanida gaz va elektr muammolarini hal etish hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun maxsus shtablar tashkil etdi. Shtablarga soha rahbarlari shaxsan biriktirildi.

Vazirlik matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, har bir shtabga energetika tizimi tashkilotlarining birinchi rahbarlari biriktirilgan bo‘lib, tuman hokimlari ularning o‘rinbosarlari etib belgilangan.

Shtablar biriktirilgan hududlar va ularning rahbarlari tarkibi quyidagicha shakllantirildi:

  • Yangiyo‘l tumani: Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev;

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: Vazirning 1-o‘rinbosari Umid Mamadaminov;

  • Xatirchi tumani: Vazir o‘rinbosari Umarjon Egamberdiyev;

  • Andijon tumani: Vazir maslahatchisi Dadajon Isaqulov;

  • Urgut tumani: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ raisi Sardor Isaqulov va Urganch tumaniga uning 1-o‘rinbosari Bobur Islomov;

  • Farg‘ona tumani: «Hududgazta’minot» AJ raisi Ma’rufxon Xo‘jayev;

  • G‘ijduvon tumani: «O‘ztransgaz» AJ raisi Askar Isoqov;

  • Davlatobod tumani: «O‘zbekiston MET» AJ raisi Abdumalik Nazirov;

  • Sirdaryo tumani: «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ raisi Bahodir Jo‘rayev hamda To‘rtko‘l tumaniga uning 1-o‘rinbosari Ozod Oxunov;

  • Qo‘shtepa tumani: «O‘zenergosotish» AJ raisi Jahongir Obidjonov;

  • Denov, Koson va Sh.Rashidov tumanlari: «O‘zenergoinspeksiya» rahbariyati (Axad Isoqjonov, Bexzod Sobirov, Xurshidjon Eshqo‘ziyev).

Ushbu tumanlar tasodifan tanlanmagan: ularda elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha qarzdorlik darajasi yuqori, tarmoqlardagi yo‘qotishlar ko‘p hamda infratuzilma eskirgani bo‘yicha aholidan eng ko‘p murojaatlar kelib tushgan.

Hozirda ushbu hududlarda transformatorlarni ta’mirlash, gaz taqsimlash punktlarini qayta ko‘rikdan o‘tkazish va elektr tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda. Vazirlik rejali ta’mirlash ishlari sababli ayrim hududlarda elektr va gaz uzilishlari kuzatilishidan ogohlantirdi.

Shuningdek, Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev va Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Yangiyo‘l tumani misolida «tumanbay» va «mahallabay» ishlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.