Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

O‘zbekistonda sud qarorlari ijrosi sun’iy intellektga topshiriladi

O‘zbekistonda 2027-yildan sud qarorlari ijrosining 70 foizi avtomatlashtiriladi. Tizimga sun’iy intellekt joriy etilib, mol-mulkni davlatga o‘tkazish tartibi soddalashadi.

O‘zbekistonda sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Prezident tomonidan imzolangan yangi farmon sohani keng ko‘lamli raqamlashtirish va jarayonlarga sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etishni ko‘zda tutadi. Islohotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijro ishlari samaradorligini oshirish va tizimda inson omilini minimallashtirishdir.

Hujjatga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijrochilari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qariyb to‘rtdan uch qismi (kamida 70 foizi) inson aralashuvisiz, avtomatik tarzda shakllantiriladi. Butun ish yuritish jarayoni raqamli formatga o‘tkazilib, undirilgan pul mablag‘larini taqsimlash ustidan qat’iy elektron nazorat o‘rnatiladi. Bu mablag‘lar harakatida shaffoflikni ta’minlash va xatoliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan boshlab mol-mulkni davlat egaligiga o‘tkazish tartibi soddalashtiriladi. Endilikda sud qarori bilan davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan avtomobillar va ko‘chmas mulk ob’yektlari davlat ijrochisining qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladi. Mutaxassislarning fikricha, AKT va SI texnologiyalarining bunday integratsiyasi sud qarorlari ijrosini tezlashtirib, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etadi.

Izohlar

    Izoh qoldirish