O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda rieltor va maklerlarga sertifikatsiz ishlash taqiqlanadi

O‘zbekistonda rieltor va maklerlarga sertifikatsiz ishlash taqiqlanadi

O‘zbekistonda rieltorlar faoliyati uchun majburiy sertifikatlash joriy etildi. Endilikda maklerlar mijozlar manfaatlarini himoya qilishga mas’ul bo‘ladi.

Mamlakatimizda rieltorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha yangi talablar kuchga kirdi. Unga ko‘ra, maxsus sertifikat olmagan shaxslarning ushbu sohada xizmat ko‘rsatishi taqiqlanadi. Sertifikatlash jarayoni va rieltorlar faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish vakolati sohaga oid ixtisoslashgan tashkilotlarga topshirildi. Ushbu chora bozordagi «norasmiy» maklerlar faoliyatini qonuniylashtirish va sohada sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi tartib doirasida rieltorlar zimmasiga mijozlarning maxfiy ma’lumotlarini saqlash, ularning manfaatlarini himoya qilish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kabi qat’iy majburiyatlar yuklanmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunday choralar ko‘chmas mulk bozorida tartib o‘rnatish, firibgarlik holatlarining oldini olish va aholining rieltorlarga bo‘lgan ishonchini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish