Javohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSport

O‘zbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda FVV Akademiyasi ochiladi va qutqaruvchilar texnikumi tashkil etiladi. Shuningdek, 10 ta flagman universitetga 150 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar sohasida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashkil etilmoqda. Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi sohaga oid institut va o‘quv markazlari qayta tashkil etilib, yangi Akademiya tarkibiga kiritiladi. Mazkur muassasa nafaqat mahalliy kadrlarni, balki xalqaro standartlar asosida xorijiy mutaxassislarni ham o‘qitish markaziga aylanadi.

O‘quv jarayoni bakalavriat va magistratura bosqichlaridan iborat bo‘lib, kunduzgi, sirtqi va masofaviy shakllarda tashkil etiladi. Shuningdek, 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida bakalavrlarni tayyorlashning yangi “2+2” modeli joriy etiladi. Akademiyaning o‘ziga xosligi shundaki, uning qoshida qutqaruvchilarni tayyorlovchi maxsus texnikum ham ochiladi, bu esa sohada o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tizimli tayyorlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim tizimida “U10 – Global darajadagi flagman universitetlar” dasturi ishga tushiriladi. Mazkur loyiha doirasida mamlakatdagi 10 ta yetakchi oliygoh tanlab olinib, ularga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Davlat tomonidan ushbu oliygohlarning ilmiy infratuzilmasini rivojlantirish va klasterlar tashkil etish uchun har biriga 150 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Bu choralar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.