O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda bolalarni nomusiga tegganlik uchun umrbod qamoq jazosi taklif etildi

O‘zbekistonda bolalarni nomusiga tegganlik uchun umrbod qamoq jazosi taklif etildi

O‘zbekistonda bolalarni nomusiga tegganlik uchun umrbod qamoq jazosi taklif etildi. 14 yoshga tolmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq berilishi mumkin.

Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi va javobgarlikka tortish muddatlarining bekor qilinishi O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni keskin kuchaytirish hamda jabrlangan bolalarni hisobga olishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatda 14 yoshga tolmagan shaxslarga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zorlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, loyihaga ko‘ra, bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish muddatining o‘tib ketgani munosabati bilan jazodan ozod qilinmaydi.

Jabrlangan bolalarni himoya qilish va davlat hisobidan bepul yuridik yordam Qonun loyihasining muhim qismi zoravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarni tergov va sud jarayonlarida ruhiy bosimdan himoya qilishga qaratilgan. Xususan, voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videotasvirga tushirish hamda gumonlanuvchilar bilan yuzlashtirishni maxsus tartibda o‘tkazish taklif etilmoqda. Zoravonlik yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan hollarda vasatlik va vasiylik organlari vakillarining ishtiroki shart qilib belgilanadi. Bundan tashqari, zoravonlikdan jabrlangan yoki uning guvohi bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi joriy etiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish