Toshkentda erkak kishi ikki yil davomida maktab o‘quvchisini ta’qib qilib, unga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatXususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyat

O‘zbekiston geologiya sohasi xodimlari kasb bayrami arafasida davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston geologiya sohasi xodimlari kasb bayrami arafasida davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Geologiya kuni munosabati bilan soha xodimlarini mukofotladi. Mukofotlanganlar orasida «Xizmat ko‘rsatgan geologlar» va soha ishchilari bor.

O‘zbekistonda aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadigan Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan davlat mukofotlari topshirildi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mutaxassislar foydali qazilma konlarini qidirib topish, sohani modernizatsiya qilish va yosh kadrlarni tayyorlashdagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari uchun taqdirlandilar.

Xususan, “Navoiyuran” korxonasi bosh geologi Tolibjon Mo‘minov va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ raisi o‘rinbosari Elmurod Ergashevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni berildi. Shuningdek, bir guruh soha vakillari “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar. Ta’kidlash joizki, mukofotlanganlar ro‘yxatidan nafaqat rahbarlar, balki og‘ir dala sharoitida ishlovchi parmalovchi Raxmonali Nuraliyev, buldozerchi Hamza Sayitov va haydovchi Ilhom Zoirov kabi ishchi mutaxassislar ham joy olgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu yuksak mukofotlar bir martalik pul mukofotlari bilan birga topshiriladi. Jumladan, “Mehnat shuhrati” ordeni egalari BHMning 40 baravari (16,5 mln so‘m), “Do‘stlik” ordeni sohiblari 30 baravari (12,4 mln so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi. Faxriy unvon egalari esa ish haqi yoki pensiyaga har oylik ustamalar hamda ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Bu kabi rag‘batlantirish choralari mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan geologiya-qidiruv ishlarining jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish