So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

O‘zbekiston doimiy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini 1 mln nafarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston doimiy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini 1 mln nafarga yetkazmoqchi

O‘zbekistonda yil yakuniga qadar sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni 1 mln nafarga yetkaziladi. Buning uchun yangi soliq imtiyozlari va rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

Davlat rahbari huzurida o‘tgan yig‘ilishda barcha hududlarda «salomatlik balansi» tizimini joriy etish masalasi muhokama qilindi. Unga ko‘ra, har bir viloyatda namunaviy tumanlar tanlab olinib, u yerda mahalla raislari va ko‘ngillilar aholining jismoniy faolligini nazorat qilib boradi. Fuqarolarni sportga qiziqtirish uchun rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir tumandagi eng yaxshi o‘nta mahalla bepul sport anjomlari bilan ta’minlanadi, aholisi sog‘lomlashgan mahalla raislari va ko‘ngillilar esa 15 million so‘mgacha mukofot puli olishi mumkin bo‘ladi.

Sohadagi mutaxassislar uchun ham yangi imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Ommaviy sport murabbiylarining oylik maoshiga 200 foizgacha ustama beriladi, xususiy trenerlar uchun esa soliq stavkalari 1 foizgacha tushiriladi. Bu chora-tadbirlar turar joy massivlarida professional murabbiylar tarmog‘ini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, 1-mayga qadar barcha ta’lim muassasalarida krossfit maydonchalari tashkil etilib, kelgusida ular umummilliy dasturga kiritiladi.

Davlat xizmatchilari uchun haftada bir marta «Sport kuni» o‘tkazilishi majburiy etib belgilandi. Tadbirkorlarga ham o‘z xodimlari uchun sport zallari qurish xarajatlarini foyda solig‘idan chegirib tashlash huquqi berildi. Ushbu qadamlar yil yakuniga qadar mamlakatda muntazam sport bilan shug‘ullanadiganlar sonini 1 million nafarga yetkazish uchun zarur infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.