O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekiston banklarida antifrod tizimi 24/7 rejimiga o‘tkaziladi

O‘zbekiston banklarida antifrod tizimi 24/7 rejimiga o‘tkaziladi

Markaziy bank antifrod tizimlarini 24/7 rejimida ishlatish va shubhali o‘tkazmalarni real vaqtda to‘xtatishga qaratilgan yangi nizom loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjatga muvofiq, moliyaviy muassasalarning antifrod tizimlari sutkasiga 24 soat va real vaqt rejimida uzluksiz ishlaydi. Mobil ilova, internet-banking va bank kartalari orqali amalga oshirilayotgan barcha tranzaksiyalar skoring asosida baholanib, ijtimoiy muhandislik va firibgarlik alomatlari aniqlansa, operatsiya vaqtincha to‘xtatiladi.

Shubhali to‘lov to‘xtatilgan yoki rad etilgan taqdirda, bank mijozni darhol xabardor qiladi va operatsiyani tasdiqlash uchun qo‘shimcha verifikatsiyadan o‘tkazadi.

Xalqaro tajriba, moliya bozori ishtirokchilarining axborot almashinuvi va statistika

Yangi tartib Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya hamda Singapur tajribasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, moliya bozori ishtirokchilari o‘rtasida yangi firibgarlik sxemalari bo‘yicha o‘zaro axborot almashish tizimini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Banklar va to‘lov tashkilotlari uchun mijozlarning firibgarlik borasidagi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda yirik hodisalar haqida Markaziy bankni zudlik bilan xabardor qilish majburiyati yuklatilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan umumiy qiymati 461 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 18 milliondan ziyod firibgarlik operatsiyalarining oldi olingan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish