Xususiy kameralarga xavfsizlik kamarini taqmaganlikni qayd etishga ruxsat berildiJamiyatToshkent shahrida iste’molga yaroqsiz pivo ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adiJamiyatToshkentda erkak kishi ko‘p qavatli uy kirish yo‘lagida mushukni shafqatsizlarcha qiynadiJamiyatOlmazor tumanida sun’iy ko‘lga ega yangi istirohat bog‘i barpo etiladiJamiyatMoskvaga 600 dan ortiq dron hujum qildi: aeroportlar yopildiDunyoToshkent tumanida sotuvchiga shilqimlik qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldiJamiyatQumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyat

O‘zbekiston avtobozorida Chevrolet ulushi 80 foizdan pastga tushdi

Chevrolet brendining bozordagi ulushi 79,3 foizgacha kamaydi. UzAuto Motors sotuvlari o‘sgan bo‘lsa-da, BYD va Kia kabi raqobatchilar ancha yuqori sur’atlar bilan bozor ulushini qayta taqsimlamoqda.

2026-yilning birinchi choragi yakunlari O‘zbekiston avtomobil bozorida jiddiy o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatdi. Chevrolet brendining bozordagi ulushi o‘tgan yilgi 82,6 foizdan 79,3 foizga tushib ketdi. Bozor umumiy hisobda 21 foizga o‘sgan bo‘lsa-da, UzAuto Motors’ning 12 foizlik o‘sish ko‘rsatkichi raqobatchilarning shiddatli harakati fonida yetarli bo‘lmadi. Xususiy sektor va elektromobillar segmenti asosiy drayverga aylandi.

Xususan, BYD brendi sotuvlarini 93 foizga oshirib, qariyb 7,8 mingta avtomobil sotishga muvaffaq bo‘ldi. Yuan Up modeliga bo‘lgan talab esa bir yilda 5,2 barobarga ko‘paydi. ADM Jizzakh zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Kia avtomobillari ham 65 foizli o‘sish qayd etdi, Kia Sonet esa eng xaridorgir xorijiy rusumdagi modelga aylandi. Chevrolet modellaridan Cobalt sotuvida 17 foizlik pasayish kuzatilgan bo‘lsa, Onix (156%) va Tracker (55%) savdosi keskin oshdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish